Italiya poytaxti Rim meri lavozimiga birinçi marta ayol kişi saylandi. Rimning yangi meri "5 yulduz harakati" muholif partiyasini bildiruvçi 37 yoşli Virdiniya Raji böldi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, siyosatçi 64-68 ovoz yiğib, mer kursisi uçun saylovda işonçli tarzda yetakçilik qilmoqda. Rasmiy natijalar esa 20 iyun keçga tomon e'lon qilinadi.
Rimning avvalgi meri Inyatsio Marino 2015 yil oktabrida byudjyet mablağlarini işlatib yuboriş bilan boğliq mojarodan keyin iste'foga ketgandi. Muholif partiyalar merni u şaharning kredit kartasini öz maqsadlarida, şu jumladan öz oilasi bilan restoranlarda ovqatlaniş uçun işlatganlikda ayblagandilar.







