Dunyo böylab sayohat qilayotgan quyoş batareyasi asosida parvoz qiluvçi Solar Impulse 2 samolyoti Nyu-Yorkdan uçib ketdi. Bu haqda loyihaning tvitterdagi rasmiy blogida ma'lum qilingan.
Avvalroq samolyot Ozodlik haykali yonidan uçib ötib, Nyu-Yorkdagi Jon Kennidi nomli aeroportga qöngani haqida xabar berilgan edi. Bu uning AQŞdagi sönggi bekati edi, şundan söng samolyot Atlantika okeani böylab parvoz qilişi kejalaştirilgan edi.
Eslatib ötamiz, Solar Impulse 2 2015 yil 9 mart kuni Abu-Dabida özining yer yuzi böylab sayohatini boşlagan edi. U allaqaçon Ummon, Hindiston, Myanma, Xitoy, Yaponiya va AQŞda böldi. Uni navbati bilan ikki uçuvçi Andre Borşberg va Bertran Pikar boşqarmoqda.
Solar Impulse 2 2014 yil 2 aprelida rasman namoyiş qilingan edi. Uning oğirligi 2,3 tonna bölib, qanoti 72 metrni taşkil etadi. Havo layneriga 17,2 ming dona quyoş batareyalari örnatilgan. Uning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni taşkil etadi.







