BMT boş kotibi Pan Gi Munning siyosiy masalalar böyiça örinbosari Jyeffri Feltman 23-24 iyun kunlari Toşkentda bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida  iştirok etadi. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar qilgan.

«Mazkur sammit Özbekiston taşkilotga raislik qilgan 2010 yildagi kabi muhim ahamiyat kasb etadi. Ötgan galgi raislik doirasida BMT va ŞHT kotibiyatlari örtasida Hamkorlik töğrisidagi deklaratsiya imzolangan edi», deyiladi xabarda.

Sammit arafasida BMT Boş assambleyasining rasmiy hujjati sifatida Özbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan ŞHTning mintaqada tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaşdagi hissasi töğrisidagi materialdan iborat qöşimçaga ega maktub e'lon qilingandi.

«Mamlakatimiz ŞHT raisligi doirasida xalqaro aloqalarni rivojlantiriş, uning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlaş, ŞHT Xartiyasida öz aksini topgan maqsadlar, vazifa va tamoyillarga muvofiq keluvçi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş bilan boğliq taşabbuslarni işlab çiqiş va amalga oşiriş yöli bilan taşkilot faoliyati samaradorligini oşirişda munosib hissasini qöşdi», — deyilgan maktubda.

ŞHT Özbekiston, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya va Tojikistonni öz içiga olgan taşkilot bölib, Hindiston, Pokiston, Afğoniston, Eron, Möğuliston va Belarus kuzatuvçi davlatlar maqomida taşkilot faoliyatida iştirok etadi. Turkiya, Şri-Lanka, Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja va Nepal ŞHTning muloqot böyiça hamkorlari sanaladi.

Ufada bölib ötgan 2015 yilgi sammitdan söng Hindiston va Pokistonning ŞHTga a'zo böliş jarayoni boşlangan.