Internet-manbalar Galaxy S7 örniga keluvçi yangi Samsung flagman smartfoni — Galaxy S8 apparatining xususiyatlari töğrisida ayrim ma'lumotlarni e'lon qilişdi.

Yangi flagman ham ikki körinişda — odatiy va çeti egilgan displey (Edge modifikatsiyasi) şaklida böladi. Batafsil ma'lumotlar kelasi yilning fevralidan keyin e'lon qilinişi mumkin. Biroq ba'zi ma'lumotlarni hozirdanoq biliş imkoni mavjud. 

Qayd etilişiça, yangi qurilmaning ekrani formati 4K/UHD — 3840 × 2160 pikselga teng böladi. Bu esa virtual reallik (VR) şlemi tarkibidagi qurilmalar işlatilganda ança yuqori aniqlikka ega tasvirlarni ta'minlab beradi. 

Mavjud ma'lumotlarda ta'kidlanişiça, Galaxy S8 qurilmasining yana bir öziga xos xususiyati unda ikki yadroli asosiy kamera borligi böladi. Şunga öxşaş modullar turli işlab çiqaruvçilar tomonidan ham foydalanib kelinmoqda. 

Bundan taşqari, Galaxy S8 kuçli Qualcomm Snapdragon 830 protsessoriga ega böladi. Bu çipning asosida Kryo 200 yadrolari va Adreno 540 grafik kontrolleri joylaşadi. X16 LTE içki modemi ma'lumotlar yuklayotgan vaqt 980 Mbit/soniyada maksimal tezlikni ta'minlab beradi. Protsessor 10 nanometrli texnologiya böyiça işlab çiqariladi.