Belgiya hukumati qirollik hududida xöjalik kimyo mahsulotlarining 7 turini, xususan vodorod peroksidini sotişni taqiqlaşga qaror qildi. Ulardan qölbola portlovçi moddalar yasalişi mumkinligi şunday çoralar körilişiga asos qilib körsatilmoqda. Bu haqda Belgiya hukumati boş vaziri örinbosari Kris Peters ma'lum qildi.
Mazkur taqiq rasman e'lon qilinganidan 10 kun ötib kuçga kiradi.
Endilikda Belgiyada vodorod peroksididan taşqari, azot kislotasi, nitrometan va yana 4ta natriy va xlor aralaşmalaridan işlab çiqilgan begona ötlarga qarşi gerbitsid sotilişi mumkin emas. Bundan taşqari, jismoniy şaxslar tomonidan atseton va azotli öğitlar xarid qilinişi jiddiy nazorat ostiga olinadi.
Bu mahsulotlar savdosi taqiqlanmagan bölsa-da, maxsus xizmatlar dökon egalarini şubhali xaridlar borasida ma'lum qilişga çaqirmoqda. Masalan, xavfli kimyoviy mahsulot yirik hajmda xarid qilinsa yoki kam-kamdan doimiy ravişda sotib olinsa, dökon egalari maxsus xizmatlarni bundan xabardor etişlari lozim böladi.
Politsiyaning qayd etişiça, 22 mart kuni Bryussel metrosi va aeroportida amalga oşirilgan portlaşlarda aynan atseton va vodorod peroksididan qölbola portlovçi moddalar yasalgan.







