Singapur mamlakati Bloomberg agentligi e'lon qilgan reytingga köra, dunyoning eng baxtli davlati deb topildi. Uşbu röyxatni tuzişda, mamlakatlardagi inflyatsiya darajasi va işsizlikka oid raqamlari asos qilib olingan. 

Unda Singapur 2014 yil dekabridan beri ilk marotaba birinçi örinni egallagan. Şahar-mamlakatdagi yillik inflyatsiya darajasi 1,4 foizni taşkil etgan bölsa, işsizlik körsatkiçi 1,9 foizgaça pasaygan. U bu borada avvalgi yetakçi mamlakat Taylandni ortda qoldirişga muvaffaq bölgan. Röyxatning uçinçi örniga Yaponiya munosib körilgan.  

Jahonning 70 davlati orasida, reytingga köra, eng baxtsiz davlat sifatida Venesuela qayd etilgan. Bu davlat rekord darajadagi inflyatsiyadan aziyat çekmoqda.