Yevropa çempionatining "V" guruhida sönggi tur öyinlari ötkazildi. Rossiya terma jamoasi pley-offga çiqişi uçun faqat ğalaba qozonişi şart edi, Uelsni durang ham qanoatlantirardi. 

Bu öyinda Slutskiy şogirdlari bitta körsatkiç böyiça ustunlikka ega bölişdi — ular köproq töpni nazorat qilişdi. Tarkibida Beyldek tezkor futbolçisi bölgan uelsliklar uçun qarşi hujumda kengroq maydonga ega böliş ayni muddao edi. Töpning Garetga kelib tuşişi deyarli har safar xavfli vaziyatni yuzaga keltiraverdi. 

Öyinning 11-daqiqasidayoq hisob oçildi. Jo Allenning uzatmasidan keyin Remzi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqdi va töpni Akinfeyevning ustidan oşirib qöydi. Oradan 10 daqiqa ötar-ötmas farq yana bittaga oşdi. Şirokov töpni qaytariş çoğida Nil Teylorni Akinfeyev bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi. Qanot himoyaçisining dastlabki zarbasini Akinfeyev qaytardi. Teylor takroriy zarba bilan darvozani işğol qildi!

Bahsning 27 va 30-daqiqalarida ikkala jamoa bittadan golli vaziyatga ega bölişdi. Dzyuba birga bir vaziyatga çiqib, jarima maydonçasi içida bergan zarbasi Henessining qölidan yon tomonga ketdi. 

Beyl öz jarima maydonçasi oldida töpni egalladi va yuqori tezlikda butun maydonni bosib ötdi. U ikki himoyaçini aldab, Vouksni birga-bir vaziyatga çiqardi. Uning zarbasini Akinfeyev oyoği bilan qaytarişga muvaffaq böldi. 

Ikkinçi bölimda ham öyin sur'ati özgarmadi. Rossiya köproq hujumga qilişga harakat qildi, ammo Uelsning qraşi hujumlari ança xavfli böldi. Gluşakovning xatosidan keyin Beylga darvozabon bilan yakama-yakka vaziyatga çiqib, ötkir burçak ostida zarba berdi. Töp Akinfeyevning oyoğiga tegib, olis ustun yonidan ötib ketdi. 

Beyldek futbolçilar ketma-ket ikkita imkoniyatni havoga sovurmaydi. Remzining uzatmasidan keyin hujumçi jarima maydonçasi içida töpni qabul qildi va yuzma-yuz holatda Akinfeyevni doğda qoldirdi. 

Uşbu gol ruslarni ruhan sindirdi, öyinni Uels nazorat qilia boşladi. Şunga qaramay, öyin tugaşiga 5 daqiqa qolganida Dzyubada ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Çap qanotdan yetkazilgan uzatmani Artyom beş metrdan darvozaga joylay olmadi. 

Rossiya terma jamoasi 1 oçko bilan guruhda sönggi örinni egalladi va musobaqadagi iştirokini yakunladi. Angliya va Slovakiya terma jamoalari örtasidagi öyinda durang qayd etilgani bois, Uels 6 oçko bilan guruhda 1-örinni egalladi. Angliya 5 oçko bilan 2, Slovakiya 4 oçko bilan 3-örinni band etdi.