Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillarining qömitasi (COREPER) bugungi majlisda Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalarning olti oy muddatga - 2017 yilning 31 yanvarigaça uzaytirişini tasdiqladi. Bu haqda Yevropaning Bryusseldagi diplomatik manbasi Interfaksga xabar berdi.
"Sanktsiyalar olti oyga uzaytiriladi, ularning muddati tugaganidan keyingi taqdiri Minsk kelişuvining bajarilişi bilan boğliq böladi", - dedi agentlik manbasi.
Qömita tomonidan tasdiqlangan hujjat endi Yevropa Ittifoqi kengaşi tomonidan tasdiqlanişi kerak böladi. Aniq muddati hozirça noma'lum, lekin uning 28-29 iyun kunlari Yevropa Ittifoqi sammitining boşlanişiga qadar tasdiqlanişi kutilmoqda.
Bundan avval RFga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytiriş masalasi COREPER majlisida muhokamasiz hal etilişi ma'lum qilingandi.







