Yevropa barqarorlaştiriş mexanizmi (ESM) Gretsiyaga 7,5 mlrd yevrolik xalqaro makromoliyaviy yordam töplamini ajratişga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi YeSM rahbari Klaus Reglingga asoslangan holda.
Bu, Gretsiyaga uçinçi makromoliyaviy yordam dasturi böyiça ikkinçi tranşining birinçi töplamidir. Uning umumiy qiymati 86 mlrd yevroni taşkil etadi. Bu dasturning ilk tranşini Afina 2015 yil avgustida olgan edi.
Reglingning qayd etişiça, Gretsiyaga berilayotgan mablağlar, imtiyozli asosda taqdim etilmoqda. Kredit 32 yil muddatga 1 foizdan kam bölgan ustama haq evaziga berilmoqda.
Bunga javoban, Gretsiya hukumati davlat byudjyeti profitsiti darajasiga oid öz zimmasiga olgan majburiyatni bajarişi kerak böladi.
Xalqaro kreditorlar bilan erişilgan kelişuvga muvofiq, Gretsiya davlat byudjyeti profitsiti 2018 yilga kelib, YaIMning 3,5 foizini taşkil etişi kerak.







