Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin 21 iyun kuni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keldi. Xitoy yetakçisi 23-24 iyun kunlari bölib ötadigan ŞHT sammitida iştirok etadi.

Taşrif dasturidan Özbekiston prezidenti bilan uçraşuv örin olgan. 

Özbekiston TIV ma'lumotiga köra, oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralarda Özbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va rivojlaniş istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar muhokama etiladi. 

Taşrif dasturida Xitoy Raisining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari oldida nutq sözlaşi ham közda tutilgan. 

Taşrif yakuni böyiça Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qöşma bayonotini qabul qiliş, ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan bitimlar va boşqa hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.