13:50 / 21.06.2016
4353

Indoneziya Xitoydan mamlakat hududiy suvlariga da'vosini izohlashni talab qildi

Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudiy, Xitoyning respublika hududiy suvlariga da'volari nimaga asoslanganini tushintirib berishni talab qildi. The Jakarta Post gazetasining yozishicha, parlament eshituvlarida ma'ruza qilgan tashqi ishlar vaziri, Indoneziyaning iqtisodiy hududida Xitoy kemasi ushlanishiga oid hodisani yodga olgan. 

"Xitoy da'volari haqida so‘z ketganda, ularning nima asosda barpo etilayotgani birinchi masala bo‘lsa, xalqaro huquq me'yorlariga to‘g‘ri kelish-kelmasligi ikkinchi masaladir", - deb qayd etgan vazir. Uning qayd etishicha, "bugungi dunyo xalqaro qonunlar asosida yashamoqda, tarixiy dalillar asosida emas".

17 iyun kuni Indoneziya sohil qo‘riqlash xizmati Natuna yaqinida kamida 12ta buzg‘unchi kemani aniqlagan, keyinroq ular Xitoy bayrog‘i ostida suzgani ma'lum bo‘lgan. Biroq, ulardan faqat bittasini ushlashning imkoni bo‘lgan. 

Bu kabi hodisalar esa, so‘nggi uch oyda 3 marta ro‘y bergan.

Top