2019 yilda Maserati kompaniyasi elektr sportkar yaratişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Fiat Chrysler Automobiles alyansi rahbari Serjio Makrionnega iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
"Menga Tesla Motors firmasining tejamkor modeli tinçlik bermayapti, Fiat Chrysler undan örnak olsa bölardi. Fikrimça, bunday tajribaviy loyihani kelajak modellarimizdan biri bilan işga tuşirsa qiziq bölardi", deb tuşuntirdi Markionne.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, elektr modifikatsiya Alfieri modelida paydo böladi, bu nomdagi prototip 2014 yilda Jyeneva avtosalonida namoyiş qilingandi. Flagman sport kupesi 2018 yilda seriyali tarzda işlab çiqarilişi kutilmoqda, uning negizidagi elektrokar esa 2019 yildan keyin konveyerga qöyiladi.

Markionne 2021 yildan keyin Maserati’ning har bir modelida gibrid kuç qurilmasiga ega versiyasi paydo bölişini tasdiqladi. Avvalroq 5 yildan keyin Quattroporte, GranTurismo, GranCabrio, Ghibli va Levante modellari benzin-elektr modifikatsiya olişi ma'lum qilingandi.







