Rossiya harbiy havo-kosmik kuçlarining havo hujumi va raketalarga qarşi mudofaa qöşinlari, yaqin masofali raketalarga qarşi mudofaa tizimi aksilraketasining sinovini muvaffaqiyatli ötkazdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Havo hujumi va raketalarga qarşi mudofaa qöşinlari qömondoni Viktor Gumenniyning bayonot berişiça, 21 iyun seşanba kuni Sari-Şagan poligonida amalga oşirilgan sinov amaliyotida "Rossiya RQM tizimining aksilraketasi öz oldiga qöyilgan vazifani bajarib, belgilangan vaqtda belgilangan nişonni urgan».
Qayd etilişiça, uşbu sinovdan közlangan maqsad, jangovar navbatda turgan RQM tizimi aksil raketalarining taktik-texnik tavsiflarini tasdiqlaşdan iborat bölgan.







