Templ universiteti tadqiqotçilari kam yoğli şokolad tayyorlaşning yangi usulini işlab çiqişdi. Buning uçun ular elektr maydondan foydalanib, uni suyuq şokolad oqimining yönalişi böylab qöyişdi. Mazkur tadqiqot haqidagi maqola Proceedings of the National Academy of Sciences (Milliy fanlar akademiyasining materiallari) jurnalida çop etildi.
Yoği kam miqdorda bölgan şokoladni tayyorlaşdagi asosiy muammolardan biri şuki, yoğ miqdorining kamayişi fabrika konveyeri quvurida tiqiliş paydo bölişiga va yopişqoqlikning oşişiga olib keladi. Olimlar bu tösiqni elektr maydoni yordamida hal qilişga qaror qilişdi, u kakaoning qattiq zarralarini qisqa zanjir, sferoidlar va boşqa şakllarga guruhlanişga majburlaydi. Bu şokoladning yopişqoqligini kamaytiriş, şuningdek konteynerda normal oqim tezligini yölga qöyiş uçun yoğning minimal darajasini kamaytiriş imkonini beradi.
Suyuq şokolad kakao, şakar, sutning kakao yoği bilan aralaşmasidan hosil qilingan. U ikkita asosiy parametrlar bilan xarakterlanadi: şokoladning oqib ketmasligini ta'minlovçi maksimal ziçlik va zarraçalarning içki yopişqoqligi.
Eksperimentlar şuni körsatdiki, 1 santimetrga 1600 Volt elektrik maydon Mars şokoladining yopişqoqligini 43,5 foizga kamaytiradi hamda maksimal ziçligini sezilarli oşiradi. Bularning barçasi yoğ konsentratsiyasini 10 foizga kamaytiradi. Boşqa işlab çiqaruvçilarning namunalari uçun ham xuddi şunday natijalar olingan, bu mazkur uslubning keng qöllanişini namoyiş etadi. Olimlar ular işlab çiqqan yangi uslub yoğsiz, mazali va soğliq uçun foydali şokolad işlab çiqariş imkonini berişiga umid qilişmoqda.







