Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2030-yilgaça mamlakatning energetika salohiyatini yiliga 17 mlrddan 45 milliard kilovatt-soatga yetkazişni rejalaştirmoqda, deb xabar qilyapti davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Rahmon Tojikistonni rivojlantiriş milliy kengaşi yiğilişida qilgan ma'ruzasida, ötgan yillarda bajarilgan işlar xususida fikr bildirib, mamlakatni 2030 yilgaça rivojlantiriş dasturiga töxtalib ötgan. Davlat rahbari, ekologik jihatdan toza elektr energiyasini qöşni davlatlarga eksport qiliş hajmini mintaqaviy elektr uzatiş tarmoqlari, xususan CASA-1000 loyihasi vositasida 10 mlrd kV-soatga yetkaziş rejasini bildirgan.
Tojikiston rahbari şuningdek, mamlakatdagi qaşşoqlik darajasini 2 baravardan köpga qisqartiriş hamda örta toifa uluşini hozirgi 22 foizdan 50 foizga yetkaziş, respublika YaIMda xususiy sarmoya hissasini 5 foizdan 25 foizga çiqariş borasida fikrlarini bildirgan.
Rahmonning sözlariga köra, kelasi 15 yilda mamlakatdagi örtaça umr köriş yoşi 80 yilga yetkaziladi. Bugungi kunda bu raqam, 73,5 yilni taşkil etadi.







