Las-Vegasda AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning mitingida politsiyaçidan töpponça tortib olmoqçi bölgan ösmir milliarderni öldirmoqçi bölganini tan oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
19 yoşli Maykl Stiven Sendford 18 iyunda Las-Vegasdagi Treasure Island mehmonxonasida Trampni öldiriş maqsadida politsiya zobitidan töpponçani tortib olmoqçi bölib, unga hujum qilgandan keyin uşlangan.
Yigit dastlab özini Trampdan dastxat olmoqçi bölgandek tutgan, biroq siyosatçining yoniga yaqinlaşgaç, özini tajovuzkor tutişni boşlagan.
Uşbu holatni tergov qilgan maxfiy xizmat materiallariga köra, Sendford söroq paytida Trampni öldiriş maqsadida Kaliforniyadan Nevadaga ataylab kelganini aytgan. Uning aytişiça, u bu suiqasdga bir yil davomida tayyorlangan va özining rejasini amalga oşira olişiga işonç hosil qilgandan keyin harakat qilişga qaror qilgan.
Tergov Sendford britan haydovçilik guvohnomasiga ega bölganini, AQŞda esa oxirgi 1,5 yildan beri yaşayotganini örnatgan. Ösmirning millati oşkor qilinmagan.
Yigitga zöravonlik harakatini sodir etiş böyiça böyiça ayblov e'lon qilindi, u qilmişi uçun Nevada federal sudi oldida javob beradi. U 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.







