Twitter maşinaviy ta'limga ixtisoslaşgan Magic Pony Technology deb nomlanuvçi startapni sotib oldi. Bu haqda tarmoq rahbari Jyek Dorsi öz tvitterida xabar berdi.

Startap maşinali köriş, ya'ni sun'iy ongning suratda nima borligini tuşunişiga yordam beruvçi texnologiya ostida işlaydi. Magic Pony Technology jamoasi sun'iy ong bilan şuğullanuvçi Twitter Cortex bölimining bir qismiga aylanadi. 

«Bu jamoa Twitter’ning insonlar butun dunyo voqealarini kuzatişlari va ularni jonli efirda muhokama qilişlarida muhim maskanga aylanişiga yordam beradi!» — deb yozadi Dorsi. Şuningdek, u startapni sotib oliş Twitter uçun köplab yangi kreativ imkoniyatlar yaratişini ta'kidlab ötdi. 

Bu kompaniya tomonidan sotib olingan maşinaviy ta'limga boğliq uçinçi startapdir. 2014 yil kompaniya Madbits, 2015 yilda Whetlab startapini sotib olgandi.