Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko 23-24 iyun kunlari xizmat taşrifi bilan Özbekistonga keladi.
Aleksandr Lukaşenko Toşkentda bölib ötadigan Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengaşining yiğilişida iştirok etadi. Taşrif davomida u xorijiy mamlakat rahbarlari bilan ikki taraflama uçraşuv ötkazadi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati xabar qiladi.
"Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko 23-24 iyunda Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga a'zo mamlakatlar rahbarlari Kengaşida iştirok etiş uçun Özbekiston respublikasiga işçi safar uyuştiradi", — deyilgan xabar matnida.
Toşkentda bölib ötadigan Şanxay Hamkorlik Taşkiloti sammitida Belarus ilk marotaba yuqori saviyada kuzatuvçi bölgan yangi maqomda qatnaşadi.
Bugungi kunda Özbekiston, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston ŞHT a'zolari hisoblanişadi. Toşkent sammiti vaqtida Hindiston va Pokiston taşkilot safiga qabul qilinişi kutilmoqda.
Ayni paytda Belarus, Möğuliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afğoniston kuzatuvçi maqomiga ega.







