Bugun, 21 iyun kuni kunning ikkinçi yarmida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, mamlakat poytaxti Duşanbe şahrida «Aşan» gipermarketini rasman oçib beradi. U, Tojikiston telemarkazi hududida, Behzod köçasida barpo etilgan. 

AR agentligi xabar qilganidek, Duşanbeda «Aşan» savdo belgisi ostidagi birinçi (çegirmali) gipermarket Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki moliyaviy kömagi yordamida oçiladi. 

Mazkur savdo markazini yurituvçi «Şiver-Tojikiston» kompaniyasi boş direktori Frederik Lobbening sözlariga köra, «mamlakatda zamonaviy çakana savdoni joriy qiliş Tojikiston uçun öziga xos inqilob hisoblanadi hamda mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşga hissa qöşadi».

«Aşan» gipermarketi barça uçun ommabop savdo markazi bölişi bilan birga aholiga sifatli mahsulotlarni arzon narxlarda yetkazib berişi kutilayapti.