Bugungi kunda milliardlar öyiniga aylangan futbol kişilik qadriyatlaridan biriga ham aylandi. Yaşil maydonda keçadigan uçraşuvlar futbol ixlosmandlariga yanada köproq zavq bağişlay boşladi. Muxlis sevimli jamoasining muhim uçraşuvda maydonga çiqqanida barçasini bir çetga surib, butun e'tiborini öyinga qaratadi.

Hayotdagi barça şirin va aççiq narsalarning me'yori bölgani singari ğoliblik va mağlubiyatning ham, işqibozlikning ham öz me'yori bor. Çunki hayot quvonç va taşvişlari va yoki umumiy ma'noda yaşaşning özi bu narsalardan iborat emas. 

Futbol ixlosmandlari orasida fanatizmning alomatlari ham uçrab turadiki, bu “kasallikka” çalinganlar özlarini unutgan holda futbol jamoasiga va yoki futbol yulduzlariga fanatlik qilişadi. Butun hayotlarining mazmuni ana şular bölib qoladi.

Ahvol futbol yulduzlariga siğiniş darajasiga ham yetib keldi.

Quyidagi suratlar va videolarda fanatizmning inson ongini zaxarlaydigan naqadar kuçli kasallik ekanligini köriş mumkin. Xususan, kuni-keça Amerika Kubogi doirasida ötgan Argentina-AQŞ uçraşuvi vaqtida Messining fanati maydonga tuşib kelib, unga “sajda” qildi.

Undan oldinroq esa Yevro-2016 çempionati doirasidagi Portugaliyaning Avstriyaga qarşi öyinidan keyin portugallar hujumçisi Kriştianu Ronalduning muxlisi maydonga yugurib çiqib, futbolçi bilan hovliqqaniça suratga tuşişga intilib, uning qarşisida dağ-dağ titraganiga butun olam guvoh bölgan edi.