Soğliğini tiklaş maqsadida şifokor körigidan ötmay, qidiruv tizimiga bepul tibbiy maslahat sörab murojaat qiluvçi foydalanuvçilar natijalarning köpligi tufayli köpinça özlarida mavjud bölmagan kasallarni topib, özbilarmonlik bilan davolanişadi va buning oqibatida aziyat çekişadi. Masalan, kasallik belgilarini oladigan bölsak, ularni qidiruv satriga yozgan foydalanuvçilar allergik reaksiyalarini oziq-ovqatdan zaharlaniş belgilari bilan adaştirişlari mumkin va aksinça.
Google öz-öziga taşxis qöyuvçi kişilarning hayotini yengillaştiradi. Yaqin kunlar içida kompaniya kasallikni aniqlaş imkonini beruvçi yangi funksiyani kiritadi. Masalan, "boş oğriği" söroviga u lohaslikning turli belgilari va uning taxminiy sabablari (migren, sinusit, şamollaş) batafsil yozilgan "kartoçkalar" röyxatini beradi, mustaqil davolaniş variantlarini taqdim qiladi, şuningdek şifokorga körinişni tavsiya etadi.
Yangi funksiya işonçli manbalardan ma'lumotlar olib, uni şifokorlar tomonidan berilgan ma'lumotlar bilan taqqoslaydigan Knowledge Graph ("Bilimlar tarmoği") servisiga asoslangan. Şuningdek Google'ga Harvard tibbiyot maktabi va eng yirik xususiy tibbiy markazlardan biri Mayo klinikasi ekspertlari yordam körsatişadi.
iOS va Android qurilmalarida Google'ning kasallik belgilari böyiça qidiruv tizimi işga tuşadi, lekin u hozirça faqat inglizzabon foydalanuvçilarga möljallangan. Kompaniya kelajakda bu funksiya uçun kasalliklar, tillar va mamlakatlar röyxatini kengaytirişni rejalaştirmoqda.







