Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev 22 iyun kuni Özbekistonga yangi elçi tayinlaş haqidagi farmonini imzoladi.

Qirğiziston TIV xabariga köra, Doniyor Sidiqov Qirğizistonning Özbekistondagi yangi elçisiga aylangan.

Qirğizistonning Özbekistondagi avvalgi elçisi Emilbek Uzoqboyev 2016 yilning aprelida öz missiyasini yakunlagandi.

Bundan oldinroq, Doniyor Sidiqov Qirğizistonning Özbekistondagi yangi elçisi bölişi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.