Litva mudofaa vaziri Yuozas Olyakas uning mamlakati 7 mln yevroga AQŞning örta masofalarga möljallangan taşib yuriluvçi tanklarga qarşi Javelin raketa majmualarini sotib olayotganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz AQŞ bilan qöşimça tanklarga qarşi raketalar va Javelin majmualarini sotib oliş böyiça şartnomani yangiladik", deb ma'lum qildi Olyakas.
Vazirning ta'kidlaşiça, raketa va tizimlar bu va keyingi yilda kelişi kerak.
Ta'kidlanişiça, Olyakas "xavfsizlik nuqtai nazaridan" Litva sotib olayotgan qurolning miqdorini oşkor qilmagan.







