Toşkentning Sodiq Azimov köçasida (Ts-1) joylaşgan Froozy kafesi oldidagi kutilmagan manzara u yerga taşrif buyuruvçi xörandalar hamda yölovçilarning e'tiborini tortmoqda. «Uçuvçi soyabonlar alleyasi» deb nom olgan installyatsiya Toşkent manzarasiga yanada özgaça çiroy va ğayrioddiylik bağişladi. Bu rang-barang installyatsiya jazirama yozgi mavsum uçun möljallangan bölib, endi bu yerda surat işqibozlari ajoyib, yorqin fotosuratlar olişlari mumkin.

Şuningdek, quyoş taftidan çarçagan kişilar Froozy - milk bar & lemonade kafesiga kirib, yoqimli va mazali muzqaymoq, içimliklardan bahramand bölişlari mumkin.

Alleyani yaratişda ellikdan ortiq turli rangdagi soyabonlardan foydalanildi. Ular avgust oyi örtalariga qadar turişi közda tutilgan.

Ma'lumot uçun ta'kidlaş kerakki, ilk bor uşbu installyatsiya ğoyasi Portugaliyaning Ageda şahrida paydo bölgan va bugungi kunga kelib dunyoning köplab şaharlarida bezak sifatida qöllaniladi. Toşkent ham şunday şaharlar qatoridan örin oldi.