AQŞda navbatdagi otişma sodir böldi: noma'lum kimsa Olimpiya şahri (Vaşington ştati) yaqinida odamlar yaşaydigan avtotirkamalar turargohida odamlarga öq uzdi. Oqibatda 3 kişi: 2 erkak va bir ayol halok bölgan, yana bir erkak yarador bölgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinişiça, politsiyani jarohat olgan erkak çaqirtirgan. U şifoxonaga yetkazilgan. "Mergan"ni hozirça qölga olişning iloji bölmagan.

Bu kun davomida ikkinçi bunday holat böldi. Bir neça soat avval noma'lum şaxs yaqinda 49 kişi öldirilgan Orlando şahrida piyodalarni öqqa tutgan.