Amerikaning J.D. Power and Associates kompaniyasi, eng sifatli avtomobillar işlab çiqaruvçi kompaniyalarning yillik reytingini e'lon qildi.
Qançalik hayratlanarli bölmasin, röyxatni Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi boşqarmoqda. U, ötgan 3 yil mobaynida yetakçilik qilgan Porsçeni ortda qoldirişning uddasidan çiqa olgan.
Tadqiqot natijalari, 80 mingdan ortiq amerikalik yangi maşinalari egalari orasida ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalariga asoslangan. Ular, 8 turkumga bölingan, avtomobil xarid qilingandan söng, 90 kun mobaynida qayd etilgan nosozliklarga oid 233 ta savolga javob berişgan.
Şundan söng, sörov natijalariga köra, u yoki bu modelning har bir sotilgan 100 dona maşinasiga töğri keladigan örtaça nosozliklar soni aniqlangan.
Kianing har bir 100ta sotilgan maşinasiga örtaça 83 kamçilik töğri kelsa, Porsche kompaniyasi mahsulotida bu raqam 84 taga teng.
Mutaxassilarning qayd etişlariça, ommaviy brend 27 yil içida birinçi marta röyxating birinçi örniga çiqa olgan. Bundan avval, faqat qimmat va yuqori tasnifdagi avtomobillar eng sifatli hisoblanib kelinardi.
Reytingning uçinçi örnini Janubiy Koreyaning yana bir kompaniyasi — Hyundai — 92 ta nosozlik bilan egallagan. Yaponiyaning Toyotasi (93ta nosozlik) törtinçi, Germaniyaning BMW kompaniyasi (94 ta nuqson) beşinçi örinni egallagan.
Röyxatning quyi qismida esa Volvo, Fiat va Smart maşinalari joylaşdi. Ularda kuzatilgan nosozlik va nuqsonlar soni tegişli ravişda 152, 174 va 216tani taşkil etgan.
J.D. Power and Associates böyiça eng sifatli avtomobillar reytingi
Markasi Har 100ta maşinaga töğri kelgan nuqson soni Markasi Har 100ta maşinaga töğri kelgan nuqson soni
Kia 83 Jeep 113
Porsche 84 Ram 114
Hyundai 92 Chrysler 115
Toyota 93 Mitsubishi 116
BMW 94 Dodge 117
Chevrolet 95 Subaru 118







