Dubayda musulmonlar uçun muborak Ramazon oyining kunduz vaqtlarida ham spirtli içimliklar sotişga ruxsat berildi, deb yozmoqda The Independent gazetasi.
Rasmiy e'londa aytilişiça, Ramazon oyi davri mobaynida spirtli içimliklar savdosi bir neça soat bilan çegaralanmaydi.
Dubay turizm departamentining ma'lum qilişiça, qaror sayyohlarga yuqori darajali xizmat körsatiş maqsadida qabul qilingan. Şu bilan birga, şahar ma'muriyati mehmonlarni, amirlikning Ramazon oyidagi öziga xosliklarini unutmaslikka çaqirgan.
Dubayda, 21 yoşga kirgan va musulmon bölmagan şaxslar spirtli içimliklar xarid qila oladi. Bundan taşqari, sotib olingan içimliklarni maxsus joylar, xorijliklar uçun barpo etilgan mehmonxona yoki barlarda iste'mol qiliş mumkin.







