MCT soat manufakturasi S-110 Evo Venta Black modelini çiqardi. Uşbu model bir milli bölib, uning tusini qop-qora etib körsatadigan Vantablack tarkibi bilan qoplangan. Soat 95 ming dollar deya baholangan va 10 dona çiqarilişi ma'lum qilingan. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.

Model vaqtni aniqlaşda bir dona mil va tört dona mini-ekrandan foydalanadi. Mini-ekranlar xuddi köçalardagi reklama bannerlari singari harakatlanib, vaqtni körsatib turadi. Modelning mexanizmi 471 detaldan taşqil topgan bölib, zaxira harakati 40 soatgaça.

Şu örinda modelni qora tusli etib körsatib turuvçi Vantablack haqida töxtalib ötsak. Vantablack — uglerodli nanopaçalardan taşkil topgan modda bölib, işlatilgan buyum tusini qora ranga keltiradi. Uning nomi inglizça Vertically Aligned NanoTube Arrays («Köplab nanoparçalarning vertikal joylaşuvi») va black («qora») sözlarining abbreviaturasidan taşkil topgan.

MCT (Manufacture Contemporaine du Temps) — 2007 yilda Şveytsariyada, Deni Gige tomonidan asos solingan soat işlab çiqaruvçi manufakturadir.