Hindiston Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo bölişni özi uçun "foydali" bitim sifatida baholaydi va ŞHTga a'zo davlatlar energetika salohiyatiga e'tibor qaratadi, deb bayonot bergan Hindiston taşqi işlar vaziri örinbosari Sujata Mexta.
ŞHTning 2015 yilgi Ufa sammitida Hindiston va Pokistonni taşkilotning teng huquqli a'zosi sifatida qabul qiliş jarayoni boşlangan edi.
Taşkilotning 23-24 iyun kunlari Toşkentda bölib ötadigan sammitida Hindiston hamda Pokiston davlatlari tomonidan majburiyatlarni qabul qilişi töğrisidagi memorandumlar imzolanişi kutilayapti.
Mextaning qayd etişiça, ayni şu bilan mamlakatning Taşkilotdagi a'zoligi boşlanadi. Uning taxmin qilişiça, Hindiston bir yil mobaynida ŞHTning barça normativ hujjatlarini imzolab, taşkilotning teng huquqli a'zosi böliş jarayonini yakunlaydi.
Bundan taşqari, Hindiston ŞHT a'zolari bilan turli sohalar — savdo, transport, madaniyat, terrorizmga qarşi kuraş borasida hamkorlik qilib keladi.
Rasmiy Dehli, ŞHTga a'zo böliş bilan bu aloqalar yanada mustahkamlanişidan umid qilmoqda.







