Atrofdagi dunyo haqidagi xabarlar inson miyasiga töxtovsiz kelib tuşayotgandek tuyuladi. Biroq yangi tadqiqotlarning körsatişiça, bu yolğon hissiyot.

Lozanna Federal politexnika maktabi olimlari ongda muntazam ravişda miya ma'lumotlarni qayta işlaş uçun foydalanadigan tanaffuslar bölib turişini aniqlaşdi. 400 millisoniya davom etuvçi bu tanaffuslar vaqtida inson behuş holatda böladi va vaqtni qabul qilmaydi. 

Olimlar miya ikki fazali iş tartibiga ega deb hisoblaşmoqda. Huşsiz faza paytida miya rang va şaklga qarab qabul qilayotgan obektlar töğrisidagi ma'lumotlarni qayta işlaydi. Şundan söng miya ongli idrokka ötudi, buning uçun ba'zan yuzlab millisoniyalar sarflanadi. 

"Ma'lumotni qayta işlaşda miya atrof-muhit haqidagi eng yaxşi va aniq xabarni berişga harakat qilgani uçun ham unga ma'lum bir vaqt kerak", - deya izoh beradi tadqiqot muallifi Maykl Xertsog. 

Idrok fazasi davrida inson atrofdagi obektlarni bilib oladi. Bu fazaning qança davom etişi noma'lum, lekin undan keyin jarayon ketma-ket röy berişi uçun ong yana vaqtinçalik öçiriladi.

Sinovdan ötayotganlarni tasvirning özgarişini kuzatiş söraldi va bu payt ularning miya faolligi qayd qilindi. Ma'lum bölişiça, köngillilar rangning özgarişini biroz keç sezişgan va olimlar bundan inson idroki retrospektiv tabiati haqida xulosa çiqarişgan.

Tadqiqot mualliflarning fikriça, tajribalar natijasi böyiça uzoqni közlovçi xulosalar çiqarsa böladi. Olingan ma'lumotlar neyrobiologiya va kompyuter köriş sohasidagi bilimlarni çuqurlaştiradi.