23-24 iyun kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan ŞHT sammiti yakunida 10dan ortiq hujjat imzolanişi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov TASS muxbiriga ma'lumot bergan.

"11ta hujjat imzolaş uçun taxt qilib qöyildi", degan Kreml vakili.

Uning sözlariga köra, sammitda ŞHT faoliyatidagi keyingi aniq qadamlar qanday bölişi va birlamçi yönalişlarda hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama etiladi. Birlamçi yönalişlar sirasiga xavfsizlik, terrorizmga qarşi kuraş, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar masalalari kiradi.

Bundan taşqari, davlat rahbarlari xalqaro maydon va mintaqadagi dolzarb muammolar böyiça fikrlar almaşişlari közda tutilgan.

Muhokama qilinişi rejalaştirilgan mavzular qatorida savdo-iqtisodiy masalalarda hamkorlik qiliş mavzusi ham bor.

Uşakov Toşkentdagi sammit ŞHT taşkil topganining 15 yilligiga töğri kelayotganini eslatib ötgan. Özbekiston poytaxtiga yiğiladigan davlat rahbarlari 2016-2020 yillarda taşkilotning harakat rejasini muhokama etişadi va Toşkent deklaratsiyasini qabul qilişadi.

Marosimlar tor doiralarda va kengaytirilgan tarkiblarda ötkazilib, yakunda Özbekiston prezidenti Islom Karimov nomidan rasmiy qabul ötkaziladi.

Uşakov taşkilotning navbatdagi sammiti 2017 yilning yozida Qozoğistonda ötkazilişini qöşimça qilgan.