Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning hisoblaşiça, Şanxay hamkorlik taşkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi "amorf taşkilotlar"ga aylanmasligi kerak.

"Bizning vazifamiz şuki, ŞHT amorfli (oğma - kristallanmagan - tahr.), faqat qoğozdagi, byurokratik taşkilotga aylanib qolmasligi kerak. Xuddi, ASeAN yoki Janubiy-Osiyo davlatlari taşkilotlariga öxşab... Öz vaqtida MDH ham şunday taşkilotga aylanib qolgandi... Hozir ŞHT uçun juda muhim davr, biz Toşkentda taşkilot tarkibiga yangi a'zolarni qabul qilamiz. Bu Hindiston va Pokiston. Şuningdek, Eronni qabul qiliş masalasini körib çiqamiz", degan u "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida.

U ŞHT Yevroosiyo hududidagi öta muhim taşkilot ekanini qayd etib ötgan.

"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida ham şunday fikrlarni aytib ötgandim", deya qöşimça qilgan Qozoğiston rahbari.

Bugungi kunda ŞHT a'zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston. Belarus, Möğuliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afğoniston kuzatuvçi maqomiga ega. 2015 yilda taşkilotga Hindiston va Pokistonni kirtiş jarayoni işga tuşirilgan edi.