Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 iyun kuni Köksaroyda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etiş uçun mamlakatimizga taşrif buyurgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.
Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan suhbatda uning Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi majlisida faxriy mehmon sifatida iştirok etişi ikki mamlakat örtasidagi özaro işonç va yaxşi qöşniçilikka asoslangan hamkorlikning yana bir ifodasi ekanini qayd etdi. Bu davlatlar mintaqada va xalqaro miqyosda bir-birining nufuzini oşiriş hamda pozitsiyasini mustahkamlaşni qöllab-quvvatlab kelayotganini namoyon etişini ta'kidladi.
2015 yilda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 320 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekistondan Turkmanistonga avtomobillar, qişloq xöjaligi texnikasi, mineral öğitlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa tovarlar eksport qilinmoqda. Turkmanistondan Özbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Transport va tranzit sohasi iqtisodiy aloqalarning strategik yönalişlaridan. Ötgan yili Özbekiston taşqi savdo yuklarini Turkmaniston orqali taşiş hajmi 43 foiz ösgani buning yaqqol dalilidir.
Uçraşuvda özaro savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almaşildi.







