Dunyo böylab parvozni amalga oşirayotgan, quyoş batareyalaridan quvvat oluvçi Solar Impulse 2 samolyoti Atlantika okeani ustidan 70 soatlik parvozni amalga oşirgaç, Ispaniya aeroportiga qöndi, deb xabar qilingan loyihaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

"Samolyotni boşqargan uçuvçi Bertran Pikar Atlantika okeani osmonida 70 soatlik parvozdan söng, Sevile aeroportiga qöndi", — deyiladi xabarda. 

Duşanba 20 iyun kuni samolyot Nyu Yorkdan parvozga kötarilgan edi. Solar Impulse 2 Atlantika okeani ustidan parvoz qilişdan avval, Amerika şahriga qöngan edi.