23 iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:00da Toşkent şahrida kuçsiz zilzila sezildi.

«Toşkent» markaziy seysmostatsiyasi xabariga köra zilzila kuçi 2 ball bölgan.

Yevropa-Örta Yer dengizi seysmologi markazi ma'lumotiga köra, zilzila epimarkazi Afğonistondagi Hindikuş toğlarida joylaşgan. Zilzila öçoği Toşkent şahridan 517 kilometr masofada bölgan.

Zilzila markazida uning magnitudasi 5,4 ballni taşkil etgan, çuqurligi - 200 kilometr.