Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining Toşkentda ötadigan navbatdagi majlisida kuzatuvçi sifatida iştirok etiş uçun 23 iyun kuni Özbekistonga taşrif buyurdi.

Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Lukaşenko saytida ta'kidlanişiça, uşbu sammit Belarus ŞHTda kuzatuvçi maqomida iştirok etadigan birinçi sammit böladi. Avval Belarus ŞHTda muloqot böyiça hamkor bölgan va hamkor maqomidan kuzatuvçi maqomiga ötgan taşkilotdagi birinçi davlat böldi.

ŞHT sammiti 24 iyunda Özbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida ötadi. Unda ŞHT faoliyatini me'yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlaş, taşkilotga a'zo davlatlar örtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan boğliq va tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.