Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron Brexit böyiça referendum natijalari e'lon bölganidan keyin mamlakat fuqarolariga murojaat qildi. U mamlakatga yangi rahbar kerakligini, 3 oydan keyin iste'foga çiqişi haqida gapirgan.

U şuningdek, referendum natijalari britaniyaliklar hayotiga jiddiy özgarişlar keltirmasligini ta'kidlagan.

Referendum natijalariga köra, Birlaşgan qirollik aholisining saylovda qatnaşgan 51,9 foizlik qismi (17 million 410 ming 742 nafar saylovçi) Buyuk Britaniyaning YeIni tark etişini ma'qullab ovoz berdi.

Kemeron Brexit ga qarşi tomon tepasida turardi. U Guardian naşrida e'lon qilgan maqolasida YeIdan çiqiş britaniyaliklarning maoşlari miqdoriga ta'sir körsatişi, şuningdek narxlar hamda soliqlarning oşişiga olib kelişidan ogohlantirgandi.