Yevropa parlamenti rahbari Martin Şults GFR kansleri Angela Merkel bilan Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişi böyiça ötkazilgan referendum natijasini muhokama etadi. Unda Brexit taşkilotning boşqa a'zolariga ham salbiy ta'sir etişini qanday qilib bartaraf etiş masalasida fikr almaşiladi.
"Yevroskeptiklar öylayotgan zanjir reaksiyasi yuz bermaydi. Albatta, salbiy oqibatlar böladi, ammo boşqa davlatlar ham uşbu xavfli yöldan borişni xohlaşadi, deb öylamayman", — deya Şults sözlarini keltiradi Frans Press agentligi.
U, şuningdek, referendum natijalaridan hayron qolmaganini qöşimça qilgan.
"Men özimni yöqotib qöyganim yöq. Biz bunga tayyor edik", — degan Yevroparlament rahbari.
Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan çiqiş ğoyasini ovoz beruvçilarning 51,9 foizi qöllab-quvvatlagan.







