Britaniya xalqining Yevroittifoqdan çiqişi haqidagi qarori, Yevropa orzusiga nuqta qöydi, deb yozadi The Independent.
Manbada Britaniya taşqi işlar vaziri Edvard Greyning Birinçi jahon uruşi arafasida aytgan sözlari yodga olingan: "Butun Yevropa uzra çiroqlar öçmoqda". Referendum natijalarini kuzatgan maqola muallifi, bu sözlar uşbu qit'adagi hozirgi ahvolga juda mos keladi, degan xulosa qilgan.
Şarhlovçi Yevropa loyihasi özining 60 yillik tarixi davomida eng halokatli mağlubiyatga uçraganini tan oladi. YeI a'zosi bölgan heç bir mamlakat, şu paytgaça mazkur blokni tark etmagan. Bu yerda gap - YeI aholisining 10 foizi istiqomat qiluvçi va blok YaIMning beşdan bir qismini işlab çiqaruvçi Buyuk Britaniya kabi katta davlat haqida ketmoqda.
Brexit bilan boğliq şokdan söng, Yevropa mamlakatlari YeI Britaniyasiz ham gullab-yaşnaşi mumkinligini ta'kidlay boşlaşadi. Biroq referendum Şvetsiya, Daniya, Niderlandiya va hattoki Fransiyada zanjir reaksiyasiga sabab bölişi ham mumkin.
Endilikda, YeI kelajagi borasida bahs-munozaralar yuzaga kelişi aniq, deb hisoblaydi muallif.







