Toşkentda 22-23 iyun kunlari Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) Banklararo birlaşmasi kengaşining Özbekiston raisligida navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.
Unda ŞHT Boş kotibi R.Alimov, Qozoğiston taraqqiyot banki, Qirğiziston Respublikasining “RSK Banki”, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Rossiyaning Taraqqiyot va taşqi iqtisodiy faoliyat banki (Vneşekonombank) davlat korporatsiyasi, Tojikiston Respublikasining “Amonatbonk” davlat jamğarma banki, Özbekiston Respublikasining Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, şuningdek, şerik banklar sifatida “Belarusbank” jamğarma banki, Pokistonning “Habib Bank Limited” banki va Möğuliston taraqqiyot banki rahbarlari iştirok etdi.
Yiğilişda ŞHT Banklararo birlaşmasi kengaşiga raislik qiluvçi bank vakilining uşbu bosqiçda Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisligida amalga oşirilgan işlar natijalari töğrisidagi hamda kengaşning boşqa a'zolari va ŞHT Banklararo birlaşmasining şerik banklari vakillarining joriy hamda istiqboldagi faoliyat masalalari böyiça ma'ruzalari tinglandi. Tomonlar investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalaştiriş borasida, ŞHT makonida va Osiyo mintaqasida faoliyat körsatayotgan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni faollaştiriş muhimligini ta'kidladi. Şu bilan birga, ŞHT Banklararo birlaşmasini örta muddatli istiqbolda yanada rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş masalasi muhokama etildi.
ŞHT Banklararo birlaşmasi kengaşi yiğilişida tomonlar sönggi yillarda ŞHTda kuzatuvçi davlatlar va muloqot böyiça şeriklar moliya institutlari bilan özaro hamkorlik rivojlanib borayotganidan qoniqiş hosil qildi. Yiğilişda Möğuliston taraqqiyot bankiga ŞHT Banklararo birlaşmasining şerik-banki maqomini beriş töğrisidagi qaror imzolandi.
Google image







