Xitoylik va ispaniyalik olimlar ötkazgan tadqiqot natijalariga köra, Xitoy poytaxti Pekin şahri yiliga 11 santimetr çökib borayapti, deb yozmoqda Britaniyaning The Guardian gazetasi.
Olimlar, sönggi bir neça yil davomida sun'iy yöldoşlar orqali olingan suratlarni örganib çiqişgan. Ularning aniqlaşiça, xitoyliklarning sanoat va qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun yerosti suvlarini faol ravişda tortib olişi, Pekin şahrining yiliga 11 smga pasayişiga sabab bölyapti.
Şaharning ayrim tumanlarida (masalan, Çaoyan tumani hududida) çökiş holati bundanda tezroq yuz bermoqda.
Şunga köra, olimlar Pekin temir yöllari va bino-inşootlarida jiddiy vayronagarçilik yuz berişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda.
Hozirgi vaqtda, tadqiqotçilar ilmiy jurnal uçun Pekin çökişiga oid ilmiy maqola tayyorlaşayapti.







