1939 yilda Buyuk Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill buyurtmasiga asosan tayyorlangan Daimler DB18 kabrioleti Coys of Kensington auksion uyi tomonidan 2 iyulda kim oşdi savdosiga qöyiladi. Bu haqda auksion uyi press-relizida ma'lum qilingan.
Lot 230-260 ming funtov sterlingga (340390 ming dollar) baholangan. Maşina DB18 modelining yagona nusxasi hisoblanadi. Aslida uşbu modeldan 1939 yilda sakkiz dona çiqarilgan. Biroq ulardan beştasi Koventrida, nemislarning aviazarbasi oqibatida yöq qilingan, qolgan ikkitasi esa yaroqsiz hisoblanadi. Avtomobil ovoz kuçaytirgiç uskuna bilan jihozlangan bölib, Çerçill undan 1944 va 1949 yillarda saylovoldi kampaniyasi vaqtida foydalangan. Avtomobil öta diqqat bilan qayta ta'mirlangan, yura oladi va unda Buyuk Britaniyaning davlat raqami bor.
Auktsion Oksfordşir grafligidagi tarixiy Blenxeym qasrida keçadi. Uinston Çerçill 1874 yilda aynan şu qasrda dunyoga kelgan.
Ma'lumot uçun: Ser Uinston Leonard Spenser-Çerçill (1874-1965) — britaniyalik siyosiy arbob bölib, 1940-45 va 1951-55 yillarda Buyuk Britaniya boş vaziri bölgan. 1953 yilda adabiyot yönalişida Nobel mukofoti laureati.







