Mutaxassislar Android operatsion tizimida işlaydigan qurilmalarda yangi virus tarqalayotganini aniqlaşdi. Yangi zararli dastur şartli ravişda Godless («Xudosiz») deb nomlangan bölib, uning xavfli jihati, antivirus dasturlarning ilğay olmasligida. Bu haqda, Phone Arena portali Trend Micro kompaniyasi tadqiqotiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Kompaniya ma'lumotlariga köra, virus Google Play’dagi oçiq ilovalar yordamida tarqalmoqda. Josuslik dasturi, telefon egasiga oid barça ma'lumotlarni töplab, ğarazgöylarning qöliga topşirişi taxmin qilinayapti. Uşbu virus Android 5.1 va undan baland operatsion tizimlarida işlaydigan smartfonlarga ta'sir körsata oladi. 

Mutaxassislarning uqdirişlariça, zararli dasturni na antiviruslar, na Google xizmatlari aniqlay oladi. Dunyo böylab esa, virus taxminan 850 ming telefonga tarqalib ulgurgan.