Agar siz kompyuter yonida uzoq vaqt işlaş tufayli böyin va yelka sohalaridagi oğriqlardan aziyat çekayotgan bölsangiz va aynan öşa joylarni uqalaş kerak, deb öylasangiz xato qilasiz. Şunçaki oddiy tennis töpçasi bilan kaftingizni yaxşilab ezsangiz kifoya, özingizni ança yengil his qilasiz!

Odatda kompyuter yonida uzoq vaqt ötirib işlaydiganlar böyin va yelka sohalaridagi oğriqdan şikoyat qilişadi. Bunga klaviatura va siçqonça bilan işlaş tufayli kaftning çarçaşi sabab böladi. Yuklanişlardan çarçagan kaftdagi oğriq böyin va yelka sohasiga uzatiladi. 

Jil Miller (Jill Miller) ayni oğriqni kamaytiradigan oddiy usulni tavsiya etmoqda. Buning uçun sizga tennis koptokçasi yoki bironta massaj töpçasi, 5 daqiqa böş vaqt va yumşoq stul kerak böladi. 

Koptokçani qöyib uni kaftingiz bilan yopasiz hamda uni boş barmoq yostiqçasi tomon u yoqdan bu yoqqa bosib aylantirasiz. Söngra aylana harakatlarga ötasiz, göyoki siz sitrus mevalar siqqiçida apelsin siqayotgandek, töpçani eza boşlaysiz. Bir daqiqadan söng qölingizni almaştirasiz. 

Uqalaş jarayonini tugatib bölgaç, tik turgan holda qölingizni tepaga kötarib, kaftingizni orqaga qilgan holda körinmas devorni surayotgandek harakat qiling. Uning samarasini esa böyin va yelkangizdagi oğriqlar kamayganidan seza olasiz. 

Qayd etiş joizki, bu usul umurtqa sohasidagi muammo sabab böyin va yelkadagi oğriqlarda foyda bermaydi. Uqalaşdan keyin, oğriqlar qolmasa şifokorga uçraşişni tavsiya etamiz.