Amerikaning Missuri ştati transport vazirligi Aydaxoning Solar Roadways startapiga kömak beradi. Uşbu ğoya muallifilari «aqlli» yöl qoplamalarini joriy etişni ilgari suradi, deb xabar qilmoqda The Next Web.

«Kelajakka yöl» taşabbuskor guruhi rahbari Tom Bler, The Kansas City Starga bergan intervyusida hikoya qilişiça, loyihaning tajribasi sifatida tarixiy Route 66 yölining bir qismi quyoş panellari bilan qoplanadi. 

Skott Bryusou va uning rafiqasi Julining istiqbolli loyihasiga nafaqat hukumat mablağ ajratmoqda, balki Indiegogo saytida ötkazilayotgan sarmoya töplaş taşviqoti vositasida ham moliyalaştiriladi. Şu paytgaça u yerda 2,2 mln dollardan ortiq mablağ töplangan.

Solar Roadways (quyoş yöllari) tizimi quyoş panellariga ega oltiburçakli modulli plitalardan iborat bölib, turli ehtyojlar uçun elektr energiyasi işlab çiqaradi. Xususan, ular yöldagi qatnovning ziçligidan kelib çiqib, çiziqlar çizişi, yöldagi hodisalardan ogoh etişi hamda qiş mavsumida yölni isitişi mumkin.

Foto:Google image