Yurtimizda ajib fayz, betakror şukuh ila Ramazon oyi mehmon bölib turibdi. Mana şu barakotli 30 kun davomida insonlar könglida özgaça mehr-muruvvat, şukronalik va halimlikni sezamiz.
Ayniqsa, Yurtboşimiz tomonidan muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida qabul qilingan Qaror ölkamiz musulmonlari qalbini mislsiz iftixorga töldirdi. Azaldan özi şunday, özbek millati qadim-qadimdan bir işni boşlasa, alohida tadorik bilan boşlaydi. Muborak oy boşlanişi oldidan şahar, tuman markazlari, mahallalarning guzaru-köçalari, qabristonlarda ommaviy haşarlar ötkazilib, obodonlaştiriş-kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirildi.

Vodiyning gavhar göşasi bölgan Andijonning fayzli masjidlaridagi har oqşom öqilgan taroveh nomozlarida bölganimizda, insonlar yuz-közida bugungi kundan beadad şukronalik hissini tuydik. Keça oqşom viloyatdagi mavjud 159 ta rasmiy masjidda Qur'on xatmonalari yakuniga yetkazildi.
- Nuroniy oqsoqollar Yaratgandan Mustaqilligimizning abadiy bölişi, el-yurtga tinçlik-xotirjamlik, sörab duolar qildilar, - deydi Oltinköl tuman boş imom xatibi Muhammdyusuf Töraqulov.
Elmurod ERMATOV, Andijon







