Aston Martin kompaniyasi Vantage GT12 trek superkarining tomi oçiq namunasini namoyiş etdi. U yagona nusxada işlab çiqilgan. Rodster Britaniyaning Gudvud şahridagi "Tezlik" festivalida omma e'tiboriga havola etiladi. 

Aston Martin Vantage GT12 Roadster kompaniya mijozining maxsus buyurtmasi asosida işlab çiqilgan. Mijoz dastlab, kupe olmoqçi bölgan, ammo keyinçalik u fikrini özgartirib, noyob rodster xohlayotganini aytgan. 

Aston Martin Vantage GT12 Roadster texnik jihatdan xuddi kupe kabi jihozlangan. U 5,9 litrli havoli V12 dvigatelga ega bölib, maşinani 600 ot kuçi bilan ta'minlay oladi. Motor 7 bosqiçli Graziano avtomatik uzatmalar qutisi yordamida superkarni harakatga keltiradi. 3,7 soniyada 100 km.ga çiqa oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 297 km.ni taşkil etadi.

 Hozirça, uning narxi sir tutilmoqda. Aytiş joizki, Aston Martin Vantage GT12 ning yopiq namunasi yatigi 100 dona çiqarilgan edi. U 250 ming funt sterlingdan sotilgan.

Foto: motor.ru