Erkaklar ayollarga nisbatan örtaça beş yilga kam yaşaşadi. Şu bois erkaklar soğliğiga katta e'tibor qaratiş va uni keng muhokama qiliş zarur. Statistikaga köra, 5 nafar erkakdan bittasi yil mobaynida birorta tibbiy tekşiruvdan ötmaydi. Şuni unutmangki, kasalni davolagandan köra, uning oldini olgan yaxşiroq. Öz vaqtida şifkorga murojaat qiliş soğayib ketiş imkoniyatlarini oşiradi. Quyida har yili butun dunyo böylab yuzlab erkaklarning ölimiga sabab böluvçi eng xavfli kasallik va uni yuzaga keltiruvçi omillar haqida söz yuritamiz. Soğliğingiz uçun öz vaqtida qayğuring va ayançli statistika qatorini töldirmang. 

Birinçi raqamli ommaviy qotil

Yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etuvçilar soni saratonning barça turlarini qöşganda vafot etadigan kişilar sonidan ham köp. Dunyo böylab har yili 325 000 erkak kişi yurak kasalliklari tufayli hayotdan köz yumadi, bu esa uşbu kasallikni katta yoşlilar orasida ölimga olib keluvçi eng xavfli kasallik sifatida qayd etilişiga sabab böladi. Agar statistikaga nazar taşlaydigan bölsak, 4 nafar erkakdan bittasi şu kasallikdan jon beradi. Şu bois turmuş tarzingizga tanqidiy köz bilan qarab, kerak  bölsa, unga özgartirişlar kiriting. 

Çekiş 

Çekiş yurakka juda salbiy ta'sir körsatadi va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib çiqaruvçi asosiy omil hisoblanadi. Çekuvçi erkaklarda çekmaydiganlarga nisbatan stenokadiya va miokard xuruji kasalliklari 2 barobar, yurakning işemik kasalligi 2,2 barobar, tösatdan ölim ehtimoli esa 4,9 barobar köproq uçraydi.

Semizlik

Ortiqça vazn heç kimga zeb bermaslik bilan birga yurak-qon tomir tizimi faoliyatini buzadi. Semizlikning eng xavfli turi - bu vistseral (yoki qorin) yoği, u ateroskleroz va yuqori tromb hosil bölişiga olib keladi. Yodingizda bölsin soğlom erkaklar uçun maksimal bel aylanasi ölçami 102 santimetr bölişi kerak. Agar sizning parametrlaringiz çegaradan çiqqanini sezsangiz, ularni me'yorga keltirişga kirişing.