Şu kunlarda barça futbol işqibozlarining e'tibori Yevro - 2016 musobaqalariga qaratilgan. Bir-biridan kuçli jamoalar ijrosidagi öyinlardan bemisl zavqlanayapmiz, rosti. Muxlislar qöhna qit'a ğolibi kim bölişi mumkinligi borasidagi turli taxminlarni boşlab yuborişgan. Inson özi ğalati mavjudot... Doim vaqtdan özib, yakunda ne bölişiga qiziqadi. Biz yurtimizning taniqli futbol mutaxassislari bilan final savoliga javob izladik.

Dilşod Nuraliyev, Özbekistonda xizmat körsatgan murabbiy:
-Yevropa çempionati finaliga eng kuçli va şu bilan birgalikda omadli jamoalar yöl oladi. Ayni paytdagi jahon çempioni, har tomonlama mukammal öyin körsatayotgan Germaniyani finalga çiqiş ehtimoli juda katta. Zör tarkibga ega Ispaniyaçi?.. Italiya har qanday musobaqada öz-özidan favorit hisoblanadi. Menimça, mana şu uç jamoadan bittasi finalda aniq öynaydi.

Yuriy Sarkisyan, Özbekistonda xizmat körsatgan murabbiy:
- Yevropadagi heç qaysi jamoaga çin yurakdan muxlislik qilmaganim uçun Yevro -2016 finali haqida heç öylab körmabman. Töğrisi, Özbekiston termasidan boşqa heç qaysi termaga işqibozligim yöq. Jangovar tarkibga ega Fransiya jamoasi finalni közlayotgani körinib turibdi. Sababi, ular mezbon. Şaxsan men “Neftçi” klubida faoliyat yuritgan paytimda öz maydonimizdagi öyinlar oldidan futbolçilarga - “yigitlar, muxlislar oldida bor kuç bilan öynaşga, ularning işonçini qozonişga majburmiz” der edim. Ikkinçi termani bilmadimku, lekin fransuzlar mavjud yuqori saviyadagi öyinçilari bilan millionlab işqibozlar hurmati finalni közlaşi tayin.
Azamat Abduraimov, Osiyo öyinlari ğolibi, murabbiy:
- Musobaqani kuzatib, Yevropa futboli saviyasi yanada kuçayganiga guvoh bölmoqdamiz. Mening taxminimça, finalda Portugaliya va Belgiya termalari töqnaş keladi. Kriştianu Ronaldu va portugallar öyindan-öyinga oçilib bormoqda. Belgiya esa dunyoning har qanday termasi havas qiladigan darajadagi mahoratli futbolçilar yiğindisiga ega.







