Şimoliy Koreya, BMT XK tomonidan Pxenyanning sönggi raketa sinovlarini tanqid qilib berilgan bayonotni rad etdi, deb xabar qilmoqda Janubiy Koreyaning «Renxap» agentligi.
Mahalliy OAV Şimoliy Koreya TIV raddiyasini e'lon qilgan. Unda, uşbu sinovlardan közlangan maqsad, mamlakat xavfsizligini ta'minlaşga kifoya qiladigan mudofaa tizimini barpo etişdan iborat, degan fikrlar bildirilgan.
«Biz, BMT XKning noxolis va ikki xil standartlar asosida yozilgan xabarnomasini töliq rad etamiz. Çunki, Koreya yarimorolidagi ziddiyat keskinlaşuvining boş sababçisi AQŞdir», — deyiladi TIV bayonotida.
Rasmiy Pxenyan, mamlakat iqtisodiyotni rivojlantiriş va yadro kuçlarini mustahkamlaş uçun ham ballistik raketalar sinovi ötkazilayotganini ta'kidlagan.
Eslatib ötamiz, Şimoliy Koreya örta masofaga uça oladigan «Musudan» tasnifidagi ballistik raketasi sinovini ötkazgan edi. Mamlakat markaziy televideniyesi uning muvaffaqiyatli ötgani va raketalar "Hwasong-10" deb nomlangani haqida xabar qilgan edi.
Foto: Reuters







